Shamil Yarulin: “G'ayrat - shijoat, dadillik, tezkorlik va adolat hamisha hamrohingiz bo'lsin”

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2020
Ko'p yillardan buyon futbol sohasida mehnat qilib, faoliyati davomida OAV xodimlari bilan doimiy hamkorlikni birinchi o'ringa qo'yib kelayotgan insonlardan biri, “Sho'rtan” Professional futbol klubi Bosh menejeri Shamil Samigulovich Yarulin jurnalistlarning kasb bayramlari munosabati bilan muxtasar tabrik fikrlarini izhor qildi:

-     Bugungi kunda jamiyatimizning hech bir sohasini, hayotimizning biror bir jabhasini ham jurnalistikasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sport, shu jumladan futbol ham bundan mustasno emas. Millionlar o'yinida, yuraklarni quvonchu hayajonlarga to'ldiruvchi lahzalar, zafarli yurishlar, g'alabali onlarni kurrai zaminimizning milliard milliard aholisiga yuqori tezkorlik, hallolik va ayni haqiqat tamoyillari asosida etkazib berilishida, sohaning muvaffaqiyatlariyu o'z echimini kutayotgan dolzarb masalalarini  targ'ibot-tashqivot qilinishida  OAV xodimlarining hissasi beqiyosdir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga bahslarida ishtirok etayotgan “Sho'rtan” PFK rahbariyati, xodimlari, murabbiylari va futbolchilari nomidan shu sohada fidoiylik bilan qalam tebratib, mehnat qilib kelayotgan do'stlarimizni tabriklaymiz. Oilaviy baxt, tinchlik xotirjamlik, ijodiy barkamollik va yuksak parvozlar tilaymiz. “G'ayrat-shijoat, dadillik, tezkorlik, shaffoflik va adolat hamisha hamrohingiz bo'lsin”, deb qolamiz. Yana bir bor bayram muborak!   



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати