"Shalke" klubi "Torino" va "Borussiya D"dan qolishgisi kelmadi

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2019
Bundesliganing 2019/20 yilgi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Shalke quyi divizion vakili Bottrop jamoasiga qarshi to'qnash kelib, raqiblarini 20:1 hisobida taslim etishdi.

Uchrashuvda, Guido Burgshtaller geksa-trik, Stiven Skjibski esa xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Sebastyan Rudi, Yonas Karls, Benito Raman, Amin Xarit o'z hisoblariga dubl yozib qo'yishgan bo'lsa, Jeyson Cheka, Gyorkem Jan, Axmed Kutuju bittadan gol urishdi. 

Eng qizig'i, 30 daqiqada Shalke himoyachisi Matiya Nastasich o'z darvozasini ishg'ol etib, raqiblarga bitta javob goli sovg'a qildi. 

TAS-IX emas


Qayd etish joizki, bugun Bundesliganing boshqa bir klubi Borussiya D ham o'rtoqlik bahsida yirik hisobda (10:0) zafar quchdi. Kecha esa Torino mavsumoldi uchrashuvi doirasida FK-Bormieseni 18:1 natijasi bilan tor-mor etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia