"Shalke" Bundesligada 18 o'yindan buyon g'alabaga erishmadi

Mirjalol Normatov
27 sen 2020
"Shalke" Germaniya Bundesligasi 2-turida "Verder"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

1-turda jamoa "Bavariya"dan 8ta gol qabul qilib olgandi.

Shu orqali "Shalke"ning ligadagi g'alabasiz seriyasi 18 o'yinga etdi: 12 mag'lubiyat 6 durang. So'nggi bora jamoa 17 yanvar kuni g'alabaga erishgandi.

"Shalke" turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia