

29 yoshli futbolchi uchun asosiy davogar "Lacio" bo'lib turibdi. Shuningdek, "Napoli", "Sevilya" va "Vilyarreal" kabi klublar ham uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq futbolchi "Liverpul"dan ketishga tayyorligini, "Lacio"da o'ynash istagi yuqori ekanligini aytib o'tgandi.
Shveytsariyalik 2018 yildan buyon "Liverpul" tarkibida harakat qilmoqda. Bunga qadar u "Stok Siti", "Inter", "Bavariya" va "Bazel" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.