

"Mavsum tugaganidan keyin "Bunyodkor" klubidan aniq taklif kelib tushdi. Albatta, bunday jamoadan bo'lgan chaqiruvni mamnuniyat bilan qabul qildim va bir yilga shartnoma tuzdim. Endi bor e'tiborimni "Bunyodkor"ning g'alabalariga qarataman. Meni shu darajaga etkazgani uchun "Metallurg" klubiga va Rustam Mirsodiqovga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Nurmatov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.




