Shahboz Beg'amov: "O'zbekiston MTJ noyabr oyida qo'shnilarimiz bilan o'ynamoqchi"

Narzulla Saydullayev
8 okt 2022
Xullas, milliy terma jamoa noyabr oyida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadigan bo'lib turibdi.

Afsuski bundan Superliga yana aziyat ko'rib, mavsumning eng muhim pallasida oxirgi ikki tur o'yinlari jadvali yana o'zgarish arafasida.

O'FA va QFF o'rtasida tez kunda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish bo'yicha kelishuv rasman amalga oshirilgach, keyin bu haqda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Toshkentda o'tishi rejalashtirilayotgan O'zbekiston Qozog'iston uchrashuvining taxminiy sanasi 17 noyabr.

O'FA 20-22 noyabr kunlariga ham yana raqib qidirish ishlari bilan band. Katta ehtimol Katanets jamoasi noyabr oyida bitta o'yin bilan kifoyalanib qolmaydi. Ikkinchi raqib kim bo'lishi hozircha noma'lum. Qaysi federatsiya so'rovga labbay desa, o'sha jamoa bilan o'ynasak kerak. Ikkinchi o'yin qayerda o'tkazilishi ham noma'lum hozircha.  

Tushunishimcha, O'FA Katanetsga Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish masalasida tashkiliy taraflama maksimum ishlamoqda. Bu yo'lda esa Superliga ko'p qurbon qilinmoqda. Har bir FIFA kunlari yoki bo'sh oyna vaqti terma jamoaga yig'in va yaxshi sparring raqiblar taqdim qilayotgan O'FA rahbariyati endilikda Osiyo Kubogida Katanetsdan natija taraflama ham jiddiy talab va vazifa qo'yib, so'rovini shunga yarasha olishi kerak. Chunki Katanets ma'lum imkoniyatlardan tashqari qo'shimcha imtiyozli murabbiyga aylanib, istagan vaqtida terma jamoa yig'moqda. Talab va so'rov ham shunga yarasha bo'lishi shart, albatta", - deb yozadi Shahboz Beg'amov telegramdagi kanalida. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia