"Sevilya" yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2016
"Gannover" Xiroshi Kiyotakening "Sevilya"ga o'tishi haqida e'lon qildi.


Ma'lum bo'lishicha, tomonlar bu borada kelishuvga erishib bo'lganlar. Yaponiya terma jamoasi futbolchisi kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi va ispan klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Kiyotake o'tgan mavsumda jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: "Ганновер" расмий сайти