"Sevilya" va "Real Sosedad" "Dinamo" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
24 iyun 2022, 13:53
"Sevilya" va "Real Sosedad" Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Sebastyan Shimanskiga qiziqish bildirmoqda.

Klub 23 yoshli polyak bo'yicha 12 million evro miqdoridagi taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

Shimanski o'tgan mavsum moskvaliklar safida barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Polyak "Dinamo"ga 2019 yilning 1 iyulida "Legiya"da o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: lacolinadenervion.com