"Sevilya" PSJ futbolchisi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2018, 14:07
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler katta ehtimol bilan klubni yozgi transfer oynasida tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi "Sevilya" transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Ispan klubi PSJni tark etib, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayotgan Drakslerni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Xavbek ham Ispaniyaga ko'chib o'tishga qarshi emas.

Drakslerni sotib olish uchun "Sevilya"ga "Shalke-04", "Borussiya" D va "Leyptsig" raqobatchilik qilishi mumkin.

O'tgan mavsum xavbek Fransiya chempionatining 30ta uchrashuvida maydonga tushdi va 4ta gol urib, 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El diario de Sevilla