"Sevilya" "Monako" himoyachisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Alisher
15 iyun 2022
"Sevilya" "Monako" himoyachisi Benua Badiashilega qiziqmoqda.

Ispan klubi 21 yoshli francuz borasida yozgi transfer oynasida rasmiy taklif tayyorlamoqda. Futbolchi "Aston Villa"ga o'tgan Diego Karlosning o'rnini egallashi mumkin.

Badiashile 2021/22 yilgi mavsum "Monako" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt himoyachini 30 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com