“Sevilya” ikki himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

“Renn” himoyachisi Joris Nyanon va “Selta” vakili Serji Gomes faoliyatini “Sevilya”da davom ettirishadi.

Nyanon andalusiyaliklar bilan besh yillik bitimga imzo chekkan bo'lsa, kataloniyalik Gomes 4 yillish shartnomaga imzo chekdi.

Ilgariroq Nyanonning transfer summasi, 13-15 million evro, 25 yoshli “Barselona” tarbiyalanuvchisi esa “Sevilya”ga 4-5 million evroga tushganligi aytilgandi.



Manba: "Севилья" расмий сайти