“Sevilya” “Everton” hujumchisini ijaraga oldi

“Everton” hujumchisi Sandro Ramires o'z faoliyatini La Ligada davom ettiradigan bo'ldi.

Hujumchi “Sevilya” bilan shartnomaga imzo chekdi. Unga ko'ra, Ramires andalusiyaliklar safida mavsum oxirigacha ijarada to'p suradi.

Sandro “Everton”ga 2017 yilning avgustida kelgandi, ammo u asosiy tarkibga kira olmadi.


Manba: “Севилья” расмий сайти