"Sevilya" yetakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi

Alisher
13 yanv 2022
"Sevilya" yetakchilaridan biri Lukas Okampos Andalusiya klubi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Rahbariyat argentinalik vingerning o'yin darajasidan qoniqmoqda va uni yangi mehnat shartnomasi bilan mukofotlashga tayyor. Amaldagi bitim 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq OAV xabar berilganidek, Okampos bilan shartnoma imzolashga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal