“Sevilya” bosh murabbiyini mavsum boshidagi yomon natijalar sababli iste'foga chiqardi

Nozimov Nig'monxo'ja
9 okt 2023
La liga bahslarining 8-tur bahslari yakunidan so'ng “Sevilya” rahbariyati bosh murabbiy Xose Luis Mendilibar bilan xayrlashishga qaror qildi.

Iste'foga jamoaning mavsum boshidagi yomon starti sabab bo'lgan. Xose Luis Mendilibar o'tgan mavsum o'rtasida ispan jamoasiga bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi.

Joriy mavsumda “Sevilya” La ligada 8 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasida ketmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com