Fursatdan foydalanib, qatarliklarning osiyolik legioneri Seul Ki bilan qisqacha suhbatlashdik.
- “Bunyodkor” jamoasi haqida nimalar bilasiz?
- Shuni bilamanki, “Bunyodkor” Osiyoda o'z o'rniga ega va qitaning eng kuchli jamoalaridan biri.
- “Qaldirg'ochlar”ning futbolchilari haqida ham ma'lumotga egamisiz?
- Nom jihatdan aniq kimnidir ajratib o'ta olmayman. Biroq ikki yil oldin “Ulsan Xyonde” tarkibida “Bunyodkor”ga qarshi o'ynaganim esimda. O'shanda Osiyo Chempionlar ligasining yarim finali edi. “Bunyodkor”ni engib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edik. Jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar bor.
- Bu yil O'zbekiston vakili “Nasaf” darvozasiga uchta to'p kiritdingiz. “Bunyodkor” bilan bahsda ham oson o'yin kutyapsizmi?
- Bizda mavsum yakunlanib bormoqda. “Nasaf” bilan o'yin arafasida “Al-Jaish” juda kuchli tayyorgarlikka ega edi. O'zbekistonliklar esa hali rasmiy o'yin o'tkazishmagandi. Shu boisdan ham raqibni osonlik bilan engdik. Ammo guruh bosqichida bunday engil o'yinlar bo'lmasligi aniq. Qolaversa, biz safarda, kimsan – “Bunyodkor” bilan o'ynaymiz. Aynan shu jihat bizga qiyinchilik tug'diradi.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.