

"Tarkibda muammo bor edi. Zuagining jarohati bizga pand berdi va tarkibda o'zgartirish qilishga majbur bo'ldik. Bugun o'yinimiz o'xshamadi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Nima ham derdim, shuni ayta olaman-ki, o'yin borasida mag'lubiyatga uchradik. Endi 5 mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionatiga hozirlik ko'ramiz", - deydi Sergey Ivanovich.



