Sergey Kucherenko: "Nasaf" har qanday finalni va xalqaro uchrashuvni qabul qilishga tayyor"

Narzulla Saydullayev
16 mar 2021
Biroz oldin 2021 yilgi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini qabul qilishni istagan klublar ro'yxati e'lon qilingan edi.

Ular orasida Qarshining "Nasaf" klubi yo'qligi ko'pchilikni ajablantirdi. Shu masalada klub bosh menejeri Sergey Kucherenkoga qo'ng'iroq qildik.

- PFL 2021 yilgi mamlakat kubogi finalini qabul qilishni istagan klublar ro'yxatini e'lon qildi. Ular orasida "Nasaf" yo'q. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Bilasizmi "Nasaf" har qanday finalni va xalqaro uchrashuvni qabul qilishga doim tayyor. Bizning infratuzilmamizdan barchangiz xabardorsiz. Bir necha yillar davomida ushbu stadionda Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari o'tkazib kelingan.

- Unday holda nega ro'yxatda "Nasaf" yo'q?

- Texnik direktorimiz ayni paytda Toshkentda va u PFL vakillari bilan bu borada og'zaki gaplashgan. Biroq PFL rasmiy xat so'ragan. Xat texnik direktorimizga yetib bordi va bugun PFLga etkazadi.

- Biroq ariza qabul qilish 14 mart kuni tugagan ekan...

- Umid qilamanki PFL bizga imkoniyat beradi.


Narzulla suhbatlashdi


2021 yilgi O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun 5ta klub ariza yubordi        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia