Serbiya UEFAga Evro-2024'ni tark etish bilan tahdid qilmoqda

Оқил Абдубарноев
20 iyun 2024, 23:48
Serbiya futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi UEFAga Xorvatiya va Albaniyani jazolash so'rovini yubordi.

Serbiyaning davo qilishicha, Xorvatiya va Albaniya muxlislari chorshanba kuni Gamburgda o'tkazilgan 2:2 hisobidagi durang o'yinida "o'ldir, o'ldir, serbni o'ldir" deb hayqirgan.

Mamlakat futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Yovan Surbatovich UEFAga Xorvatiya va Albaniya muxlislarini qichqirgani uchun jazolash talabini yubordi.

Aslida, u hech qanday chora ko'rilmasa, Serbiyaning Yevropa chempionatini tark etishga tayyorligi haqida ogohlantirgan.

Avvalroq Kosovolik jurnalist o'yin vaqtida serb muxlislari tomon qayrilgan va qo'llari bilan ikki boshli burgutni ifodalagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rts.rs