"Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi bekor qilindi. OFK rasmiy bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
2 okt 2023
OCHL guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Al Ittihod" o'yini o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Bugun Isfahondagi Nag'sh-e Jahan stadionida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Osiyo Chempionlar Ligasi 2023/24 "C" guruhidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi kutilmagan holatlar tufayli bekor qilindi.


OFK futbolchilar, uchrashuv rasmiylari, tomoshabinlar va barcha manfaatdor tomonlar xavfsizligini taminlashga majburligini yana bir bor tasdiqlaydi.


Endi masala tegishli qo'mitalar muhokamasiga o'tkaziladi.


Eslatib o'tamiz, "Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi maydonga chiqib kelishda 2020 yilda AQSH tomonidan o'ldirilgan Eron generali Qosim Sulaymon haykali qo'yilgan.


Ushbu general Saudiya Arabistonida terroristik tashkilot a'zosi hisoblangan va bir necha yil avval Saudiyaga amalga oshirilgan hujumlarda ayblangan. Shu sababli "Al Ittihod" futbolchilari maydonga chiqishni xohlashmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia