Sentyabr oyida "Sevilya" yoshlar jamoasi O'zbekistonga keladi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2018
Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab O'zbekiston hamda Ispaniya futbol ligalari o'rtasida yaqindan hamkorlik yo'lga qo'yildi.

Hamkorlik natijasida shu yilning sentyabr oyida “Sevilya” U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyurishi va O'zbekiston U-15 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi rejalashtirilmoqda. O'yinlar Toshkent va Samarqandda bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia