Semedu: "Ronaldu kam gol urayotgani uning muammosi emas, "Real"niki"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017
"Barselona" va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nelson Semedu "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Qirollik klubi" safida kam gol urayotgani haqida gapirdi.

"Ha, Krishtianu ligada avvalgidek ko'p gol urmayapti, ammo u golli paslar uzatmoqda, Chempionlar ligasida darvozalarni ishg'ol qilyapti. Bu uning aybi deb o'ylamayman. Hamma gap "Real"da. Jamoaga nimadir bo'lgan. Shunga qaramasdan, Ronaldu hali ham maydonda bor kuchini beradigan ajoyib futbolchi.

U va Messi bilan birga o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman. Bunday imkoniyatga ega bo'lganlar ko'p emas" - deydi Semedu.

Krishtianu Ronaldu LaLiganing 11ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es