

G'oliblar safida yaponiyalik forvard Kego Furuxashi dubl qayd etgan bo'lsa, mag'lubiyatga uchragan jamoa tarkibida kolumbiyalik hujumchi Alfredo Morelos gol urdi.
Shotlandiya liga kubogi 1947 yildan beri o'tkazib kelinadi. "Seltik" 21-marta mazkur sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Reynjers" 27 marta ushbu turnirda g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, “Seltik” so'nggi etti mavsumda oltinchi marta Liga kubogini qo'lga kiritdi. Faqatgina 2020/21 yilgi mavsumda kubok boshqa jamoa - "Sent-Jonston"ga nasib etgan.
Reynjers – Seltik 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 44 Furuxasi, 0:2 – 56 Furuxasi, 1:2 – 64 Morelos.
Reynjers – Makgregor, Taverne, Goldson, Devis, Barishich, Landstrem (Kentuell, 65), Kamara (Raskin, 65), Morelos (Cholak, 76), Kent, Sakala (Rayt, 85), Tillman (Djek, 65).
Seltik – Xart, Djonston, Starfelt, Karter-Vikers, Teylor, Muy (O`Rayli, 65), Makgregor, Xatate (Ivata, 76), Jota (Abada, 64), Maeda (Xakshabanovich, 84), Furuxasi (O Xen Gyu, 76).
Ogohlantirishlar: Landstrem (50), Kamara (58), Teylor (70), O Xen Gyu (79), Abada (83), Kent (90), Djonston (90), Cholak (90), Kentuell (90), Barishich (90).






