Sebastyan Larsson: "Lindelyof MYUda muvaffaqiyatga erishadi"
Tolibjon Qosimov
12 iyun 2017
Shvetsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sebastyan Larsson Viktor Lindelyofning "Benfika"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasida fikr bildirib o'tdi.
"Tushunarli, Angliya Premer-ligasi - umuman boshqa madaniyat. Unga shunchaki borib bo'lmaydi. Lekin, men Lindelyof tez kirishib ketadi va muvaffaqiyatga erishadi deb o'ylayman", - dedi Larsson.