Saxovatdan suv ichar ko'ngil (FOTO)

1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosbati bilan “Nasaf” PFK tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.

“Nasaf” jamoasi asosiy tarkibi a'zolari murabbiylar shtabi va klub rahbariyati shu kuni Qarshi shahridagi ko'zi ojiz bolalar maxsus maktab internatiga tashrif buyurishdi va u erda talim tarbiya olayotgan bolajonlar bilan yaqindan tanishishdi, ularga bayram munosabati bilan o'z sovg'a salomlarini topshirishdi.

Shuningdek, jamoamiz bir guruh xodimlari Qamashi tumanidagi 4-Mehribonlik uyida bo'lishdi.

-Maskanimizda 74 nafar tarbiyalanuvchi bo'lib, ular orasida sportga, xususan futbolga qiziqadigan yoshlar ko'pchilik, -deydi “Mehribonlik uyi” direktori Gulbahor Hamidova. – “Nasaf” jamoasi a'zolarining tashrifi ularning bag'oyat xursand qildi. Buning uchun jamoa rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Shu kuni www.sayyod.com va shampionat.asia  sayti tashabbusi bilan  poytaxtimizdagi "Gemotologiya" instituti qoshidagi "leykemiya" bilan og'riganlar shifoxonasidagi bemor bolalar uchun bayram tadbiri o'tkazildi. Bu tadbirlarda ham oliy liganing bir qator jamoalari a'zolari qatorida jamoamiz vakillari ishtirok etishib, bemorlar bolakaylar uchun atalga maxsus sovg'alarni topshirdi.

Bir so'z bilan aytganda, bugungi bayramon kunda jamoamiz a'zolari ham bolajonlarning quvonchlariga sherik, dardlariga malham bo'lishdi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati.


Manba: fcnasaf.uz