

Manbaga ko'ra, "Sautgempton" 27 yoshli niderlandiyalik futbolchiga davogarlik qilmoqda. Avvalroq futbolchi rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyuning rejalariga kiritilmagan, himoyachining agenti esa portugaliyalik mutaxassisni tanqid qilgandi.
Karsdorp joriy mavsum "Roma" safida 11 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 9 million evroga baholamoqda.



