"Sautgempton" yetakchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
8 avg 2019
"Sautgempton" yarim himoyachisi Natan Redmond klubi bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi bitim 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining oldingi shartnomasi esa 2021 yilga qadar tuzilgan edi.

25 yoshli o'yinchi "Birmingem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sautgempton"ga 2016 yilda "Norvich Siti" klubidan kelib qo'shilgan.

Redmond 2017 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SouthamptonFC

O'xshash yangiliklar