Saudiya Arabistoni tarkibida Toshkentga kelgan futbolchi OCHL finalining "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi

Xayrulla Xoliqov
13 noya 2019
Osiyo chempionlar ligasi birinchi final o'yinida "Al Hilol" o'z maydonida g'alabaga erishdi.

Saudiya Arabistonining eng nomdor klublaridan biri "Al Hilol" bu mavsum OCHL finaliga chiqib, Ar Riyodda kechgan birinchi uchrashuvda Yaponiyaning "Urava Reds" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi. 

OFK sayti o'z odatiga ko'ra uchrashuvning "Eng yaxshi futbolchisi"ni aniqladi va bu nomga "Al Hilol"ning 2-raqamdagi o'yinchisi Muhammad Al Burayk loyiq ko'rildi. Oxirgi uch yilda ikkinchi bor finalda o'ynagan Al Burayk uchrashuvni a'lo darajada o'tkazdi. Qolaversa aynan uning etkazib bergan to'pi golga aylandi. Qizig'i shundaki, ikki yil oldingi OCHL finalida ham shu futbolchi eng yaxshi deb topilgandi.

Muhammad Al Burayk (suratda o'ngdan birinchi) o'yindan keyin jamoadoshlari bilan g'alabani nishonlamoqda


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com