Saudiya Arabistoni shahzodasi Kilian Mbappeni o'z chempionatida ko'rishni xohlaydi

Alisher
26 yanv 2024
Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a'zosi bo'lmish shahzoda Abdulla Saad Abdul-Aziz Al Saud PSJ forvardi Kilian Mbappeni Saudiya Arabistoni ligasida ko'rish xohishini ma'lum qildi.

"Albatta, u bizga yoqadi. Kilian Mbappe - kuchli va yaxshi o'yinchi, uni Saudiya Arabistoni chempionatidagi istalgan jamoada ko'rishga umid qilaman", – dedi shahzoda.

Shahzoda oldinroq "Marsel" va "Monako" kabi francuz klublariga investiciya kiritish ajoyib g'oya ekanligini aytgan edi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport