Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2019, 13:40
JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni safarda Falastinga qarshi bahs olib bordi.

Al Ram shahridagi "Faysal Al Husseyni" stadionida kechgan uchrashuv 0:0 hisobida yakun topdi. O'yindan keyin saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar shunday dedi: 

- "Juda qiyin o'yinni o'tkazdik. Raqib bizga qattiq qarshilik qildi. Gol urish uchun ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. To'pni nazorat qilish bo'yicha ustunlik bizda bo'ldi deya olaman. Bosim yuqori edi, lekin gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz. Futbolchilar bir-birlarini tushunib kyetishlari uchun ko'proq vaqt kerak", - deydi fransiyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni navbatdagi turni 14 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-afc.com