Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" muhim o'yinda g'alabaga erishdi, 70 millionlik Duran bahs taqdirini hal qildi

Mirjalol Normatov
14 fev 2025
Saudiya Arabistoni chempionati 20-turi doirasidagi "Al Ahli" - "Al Nassr" bahsi yakuniga etdi.

Unda bir taym davomida kamchilik bo'lib o'ynagan "Al Nassr" ishonchli g'alaba qayd etdi. Bahsda mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu gol ura olmadi. Lekin yaqindagina 70 million evro evaziga transfer qilingan Jon Duran ikki marta raqiblari darvozasini ishg'ol qilib, o'yin taqdirini hal qildi. So'nggi daqiqalardagi kiritilgan gol esa "Al Ahli"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmasdi.

"Al Ahli" - "Al Nassr" 2:3

Gollar: Jon Duran (32, 0:1), Ayvan Touni (78, 1:1), Ayman Yahyo (80, 1:2), Jon Duran (88, 1:3), Jon Duran (90+9, 2:3).

"Al Ahli" - Eduar Mendi, Ali Majrashi, Merih Demiral, Rojer Ibanes, Abdulloh al-Ammar (Fahad al-Rashidi, 90), Frank Kesse, Ziyod al-Johani (Firas al-Buraykan, 64), Riyod Mahrez, Gabri Veyga, Galeno, Ayvan Touni.

"Al Nassr" - Bento, Salim al-Naji (Majid Qashish, 76), Aymerik Lyaport, Muhammad Simakan, Sulton al-Gannam (Ali Lajami, 43), Sado Mane, Abdulloh al-Haybari (Ali al-Hassan, 75), Marcelo Brozovich, Otavio (Ayman Yahyo, 22), Krishtianu Ronaldu (Muhammad al-Fatil, 76), Jon Duran.

Ogohlantirish: Ali Majrashi (45+5), Ziyod al-Johani (59), Jon Duran (68), Muhammad al-Fatil (90+8).

Chetlatish: Muhammad Simakan (47).



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia