"Sassuolo" futbolchisi uchun APL klublari davogarlik qilmoqda

Alisher
28 avg 2021
Bir nechta Angliya klublari "Sassuolo" hujumchisi Jeremi Bogaga qiziqishmoqda.

"Vest Xem", "Kristal Pelas" va "Everton" 24 yoshli fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Bogaga shuningdek yozda "Napoli" va "Atalanta klublari ham qiziqish bildirishdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Boga o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato