Sarri: “Chelsi” “Dinamo”ga ko'proq gol urishi mumkin edi”

8 mar 2019, 09:30
London klubi bosh murabbiyi Yevropa ligasida Kievning “Dinamo”si ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ammo natijada baribir ham yaxshi. Yirik hisobdagi g'alabaga qaramay Kievga diqqat-e'tiborni maksimal tarzda bir joyga jamlab borishim shart. Xotirjamlikka berilmay, hushyorlikni saqlash kerak. Agar javob o'yinida gol o'tkazib yuboradigan bo'lsang, unda ruhiy bo'shliqqa tushib qolishing mumkin”,-deydi Sarri.


Manba: UEFA.com