Sardor Qobuljonov: “Meni “Neftchi”da yaxshi kutib olishdi”

Narzulla Saydullayev
24 fev 2014
Mahoratli darvozabonlardan biri Sardor Qobuljonov yangi mavsumni “Neftchi”da o'tkazishidan xabaringiz bor.
Ayni damda bu darvozabon ham Antaliyadagi yig'inda ishtirok etmoqda.

“Bu erdagi mashg'ulotlar qiziqarli tarzda o'tmoqda. Har kuni turli xil mashqlarni bajaryapmiz. Meni “Neftchi”da yaxshi kutib olishdi. Bu erda ahil jamoa jamlangan. Yangi mavsumda muxlislarni xursand qiladigan natijalarni qayd etishga harakat qilamiz”, deb qisqacha taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Qobuljonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz