Sardor Mirzaev: “Muangtong Yunayted” meni xayron qoldirdi”

Narzulla Saydullayev
22 apr 2020
Xabaringiz bor, joriy mavsumni “Lokomotiv” jamoasida boshlagan futbolchi Sardor Mirzaev kutilmaganda Tailandning “Muangtong Yunayted” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bizning e'tiborimizni tortgan jihat futbolchilarning tanishtiruv marosimining yuqori saviyada o'tkazilgani bo'ldi. Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan yarim himoyachi bu borada fikrini bildirdi.

“Ochig'i kutmagandim. Yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi kutganimdanda yuqori darajada tashkillashtirildi. O'zim ham hayron qoldim. Hammasi ajoyib. Bizda hali bunaqasi bo'lmasa kerak. Bu yerda stadionlar, homiylar, translyatsiya xullas hammasi zo'r. Buni qarangki chempionat bahslarida VAR ham tadbiq etilgan ekan. Bir marotaba golimni ham hisobga olishmadi. Tailandda futbol o'ylaganimdek past emas, ancha rivojlangani ko'rinib turibdi”, - dedi Mirzaev.

Futbolchi bilan batafsil intervyuni bir necha soatlardan so'ng saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia