S.Arabistoni sport vaziri: “Ronaldu kelganidan keyin ligamizni 137 kanal translyatsiya qilishni boshladi. Oldin esa bu ularni qiziqtirmagandi”

Eldor Akmurzayev
21 mar 2023
Saudiya Arabistoni sport vaziri Abdul Aziz ibn Turki as Saud Krishtianu Ronalduning “Al Nassr”ga o'tishi milliy birinchilik imijiga qanday ta’sir o'tkazganini haqida gapirdi.

“Sizga misol keltiraman: birgina Ronalduning kelishi bilan butun dunyo bo'ylab 137 ta kanal Saudiya Arabistoni ligasini translyatsiya qilishni boshladi. Buni boshidan xohlagandik, ammo ularga bu qiziq emasligini aytishgandi. Biroq, bir futbolchi kelganidan boshlab, translyatsiyalar butun jahonda tarqalishni boshladi.

Sportchilarda yangi joyga kelish va sport rivojiga hissa qo'shish imkoniyati bor. Ronaldu kelganidan keyin esa ligamiz jozibadorligi butun dunyo bo'ylab qanday tarqalganiga guvohi bo'ldik”, deydi Sport vaziri.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli portugaliyalik Saudiya Arabistoni chempionati joriy mavsumida 8 bahsda qatnashib, 9+2 natija ko'rsatmoqda. U Portugaliya TJning Evro-2024 saralashi doirasidagi o'yinlariga chaqiruv oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic