Sanjarni jazolagan Ravshan Ermatov, Najafalievning o'ziga xos statistikasi... (1-tur haqida)

Coca-Cola Superliganing ortda qolgan dastlabki turi haqida siz e'tibor qilmagan bazi ma'lumotlarni keltiramiz.

1. "Metallurg" qatorasiga 3-o'yinni yutdi. Bunaqasi so'nggi bor 2017 yilda sodir bo'lgan edi.

2021 yil

25-tur. "Metallurg" 1:0 "Turon"

26-tur. "Qizilqum" 1:3 "Metallurg"

2022 yil

1-tur. "Metallurg" 1:0 AGMK

2. "Qizilqum"ning 5 o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyasi yakuniga etdi. Navoiyliklar 2021 yil oxiridagi barcha uchrashuvlarda engilgan edi.

3. "Qizilqum" 16 o'yindan keyin yana "Lokomotiv"ni engdi. Bunaqasi so'nggi bor 2013 yilning 2-davrasida sodir bo'lgan edi. 

4. Sanjar Shoahmedov 6 yildan keyin yana O'zbekiston chempionatida sariq kartochka bilan jazolandi. 

Toshkentlik futbolchini so'nggi bor Ravshan Ermatov ogohlantirgan edi (2016 yilning mayida o'tgan "Lokomotiv" 1:0 "Paxtakor" uchrashuvida).

5. Davron Hoshimov ("Navbahor") "Nasaf"ga qarshi qatorasiga 3-o'yinda ham sariq kartochka bilan jazolandi.

6. "Nasaf" "Navbahor"ni qatorasiga 10-uchrashuvda mag'lubiyatga uchratolmadi.

7. "Navbahor" ketma-ket 5-mavsumni g'alabasiz boshladi.

8. "Qo'qon-1912"ning 18 o'yindan iborat golli seriyasi "Neftchi" bilan o'yinda yakunlandi.

9. Asker Najafaliev boshqargan qatorasiga 4-o'yinda g'olib nomiga aniqlik kiritilmadi.

Superliga-2021. 24-tur. "Mashal" 0:0 "Turon"

Pro liga-2021. "Neftchi" 1:1 "Buxoro"

Superliga-2021. 25-tur. "So'g'diyona" 1:1 "Nasaf"

Superliga-2022. 1-tur. "Olimpik" 0:0 "Surxon"

10. Bu yilgi mavsum chempionatimiz tarixidagi eng kam gol urilgan tur bilan start oldi (6 ta).

11. Dastlabki turdan o'rin olgan 7 o'yindan 4 tasi neytral stadionda o'tdi ("Qizilqum" raqibini Olmaliqda, "Olimpik" "Paxtakor"da, "Neftchi" Yaypanda, "Bunyodkor" esa "Lokomotiv" o'yingohida qabul qildi). 

Qaytish...


Manba: championat.asia