Sanjar Tursunovga muxlislar tomonidan suv to'la idish uloqtirilgani uchun "Navbahor" jazolandi – O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarori

Administrator
13 sen 2023
O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

“Navbahor lochinlari” - OKMK

Superliganing 18-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” - OKMK uchrashuvining 79-daqiqasida “Navbahor lochinlari” muxlislari tomonidan futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgani hamda uloqtirilgan idishlardan biri OKMK klubi futbolchisining boshiga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Navbahor Lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

“Yunired” - “G'ijduvon”

Pro liganing 15-turi doirasidagi “Yunired” - “G'ijduvon” uchrashuvining 83-daqiqasida “G'ijduvon” jamoasi futbolchisi Shavkat Rahmatov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Shavkat Rahmatovga (G'ijduvon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Pro liganining 14-turi doirasidagi “Aral” - “Lokomotiv” hamda 16-turi doirasidagi “Dinamo plyus” - “Lokomotiv” uchrashuv komissarlaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.30-bandida uchrashuv vaqtida futbol klubi rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga ko'rsatma berish uchun ruxsat etilgan bo'lsa-da, mazkur tartib “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Mirko Yelichich tomonidan buzilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirko Yelichichga (Lokomotiv) nisbatan 1 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga

“Qumqo'rg'on-1977” - “Cementchi”

Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Qumqo'rg'on-1977” - “Cementchi” uchrashuvi yakunlangandan so'ng, “Cementchi” jamoasi futbolchisi Yursunali Topvoldiev yordamchi hakam shaniga haqoratli so'zlar qo'llagani hamda jismoniy kuch ishlatishga harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Yursunali Topvoldievga (Cementchi) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Bunyodkor farm” - “Shahrixonchi”

Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” - “Shahrixonchi” uchrashuvining 65-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi murabbiyi Tursunboy Xusanov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Tursunboy Xusanovga (Shahrixonchi) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Metallurg U-19” - “Paxtakor U-19”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Metallurg U-19” - “Paxtakor U-19” uchrashuvi yakunlangandan so'ng, “Paxtakor U-19” jamoasi futbolchisi Bobur Abdujabborov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, “Paxtakor U-19”ning yana bir futbolchisi Muhammadiyor Marifaliev bosh hakamning futbolkasini tortib, futbolchiga xos bo'lmagan xatti-harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Bobur Abdujabborovga nisbatan 3 ta o'yinga, Muhammadiyor Marifalievga nisbatan esa 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Sho'rtan U-19” - “G'ijduvon U-19”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Sho'rtan U-19” - “G'ijduvon U-19” uchrashuvining 66-daqiqasida “Sho'rtan U-19” jamoasi futbolchisi Oybek Jonibekov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 90-daqiqasida “G'ijduvon U-19” jamoasi futbolchisi Sharifjon Abdumo'minov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisining son qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Oybek Jonibekovga (Sho'rtan U-19) va Sharifjon Abdumo'minovga (G'ijduvon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Xorazm U-19” - “Qizilqum U-19”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Xorazm U-19” - “Qizilqum U-19” uchrashuvining 77-daqiqasida “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda qasddan oyog'i bilan raqib o'yinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 77-daqiqasida “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi Ilyosbek Rahimov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisini qasddan turtib yuborgani qayd etilgan. “Qizilqum U-19” jamoasi futbolchilari Samandar Rahimov, Akmaljon Davronov va Ramazon Robbimov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqibga nisbatan tajovuzkor qasddan harakatlar qilishgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra:

Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm U-19) nisbatan 10 ta;

Ilyosbek Rahimovga (Xorazm U-19) nisbatan 3 ta;

Samandar Rahimovga (Qizilqum U-19) nisbatan 5 ta;

Ramazon Robbimovga (Qizilqum U-19) nisbatan 3 ta;

Akmaljon Davronovga (Qizilqum U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“So'g'diyona U-19” - “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “So'g'diyona U-19” - “Neftchi U-19” uchrashuvining 38-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi texnik direktori Anvar Almatov yordamchi hakamning shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Anvar Almatovga (So'g'diyona U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Lokomotiv U-19” - “Surxon U-19”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Lokomotiv U-19” - “Surxon U-19” uchrashuvining 63-daqiqasida “Lokomotiv U-19” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ergashev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kamronbek Ergashevga (Lokomotiv U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Ayollar oliy ligasi 

“Metallurg W” - “So'g'diyona W”

Ayollar oliy ligasining 18-turi doirasidagi “Metallurg W” - “So'g'diyona W” uchrashuvining 87-daqiqasida “Metallurg W” jamoasi futbolchisi Nozima Qosimbekova bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nozima Qosimbekovaga (Metallurg W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Ayollar birinchi ligasi 

“Aral W” - “Xorazm W” 

Ayollar birinchi ligasining 8-turi doirasidagi “Aral W” - “Xorazm W” uchrashuvining 73-daqiqasida “Xorazm W” jamoasi futbolchisi Barchinoy Eshmuratova raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Barchinoy Eshmuratovaga (Xorazm W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Dinamo W” - “Andijanka W”

Ayollar birinchi ligasining 8-turi doirasidagi “Dinamo W” - “Andijanka W” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Dinamo W” jamoasi futbolchisi Aziza Useinova bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aziza Useinovaga (Dinamo W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia