Sanjar Tursunovda 90 daqiqa, "Umm Salal" durang o'ynadi

Nadirkhuja Yuldashev
5 fev 2016
Bugun Sanjar Tursunov "Umm Salal" safidagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuvda "Umm Salal" 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq o'yin so'nggida mehmonlar ikkita gol urib mag'lubiyatdan qutulib qolishdi - 2:2. Hamyurtimiz "Umm Salal" safida to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

Bulent Uygun shogirdlari 17ta o'yindan so'ng 24 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida borishmoqda. "Umm Salal" keyingi uchrashuvni 13 fevral kuni o'z uyida "Mesaymer" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Umm Salal" - "Qatar SK" 2:2
Gollar: El Hamdaoui 38, YA.Sagbo 68 penalti - Fadhl Umar 85, Emiliano 90+6 penalti

Qatar yulduzlar ligasi jadvali bilan tanishing.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia