Sanjar Tursunov "Vorskla"ga minnatdorchilik bildirdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2016
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, bir necha kun oldin "Vorskla"dan Qatarning "Umm Salal" klubiga o'tgan Sanjar Tursunov Ukrainadagi sobiq klubiga minnatdorchilik bildirdi.

"Vorskla"ga aloqasi bor barchaga, murabbiylar shtabi, rahbariyat, futbolchilar hamda muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu ikki yil men uchun unutilmas bo'lib qoldi. "Vorskla"ga eng yaxshi niyatlarimni tilayman va doimo sevimli jamoamni kuzataman va qo'llab-quvvatlayman!" - deydi Tursunov o'zining "Instagram"dagi sahifasida.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia