Sanjar Tursunov: Qatarda menga va oilamga juda qulay

Narzulla Saydullayev
27 dek 2016
Vorskla sobiq yarim himoyachisi Sanjar Tursunov Qatar klubi bilan shartnoma tuzganini tasdiqladi.

Ha, Poltava klubini tark etganim rost. Hozir Qatardaman, mahalliy klublardan biri bilan shartnoma tuzdim. Bu erda barchasi maqul keldi. Menga ham, oilamga ham Qatarda juda qulay. Shu bois yana shu chempionatga qaytishga qaror qildim, - deydi Tursunov.
 
Eslatib o'tamiz, futbolchining agenti futbolchi Xaraytiyat bilan shartnoma tuzayotgani haqida xabar bergandi.

"Al Haraytiyat" o'zbekistonlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Sanjar Tursunov: "Terma jamoa eshiklari men uchun yopildimi? Bunday o'ylamayman"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.sport.ua