Sanjar Tursunov: "Muxlislar bizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishdi"

Sherzod Nurmatov
19 may 2022, 00:42
Bugun O'zbekiston futboli afsonalari Italiya A Seriyasi yulduzlariga qarshi to'p tepishdi.

3:2 hisobida hamyurtlarimiz foydasiga hal bo'lgan mazkur bellashuvdan keyin termamiz birinchi goli muallifi Sanjar Tursunov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Uchrashuv haqidagi taassurotlarim a'lo darajada. Birinchidan, g'alaba qozondik. Ikkinchidan, buncha muxlislar kelishini kutmagandik. Bizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishdi. Juda xursandmiz. 

- O'yindagi eng chiroyli gol muallifiga aylandingiz. Abbyati darvozasiga shunaqa to'p kiritishingizni kutganmidingiz?

- Futbolchi maydonga tushgach, avvalo, g'alabani qo'lga kiritishni, keyin esa gol urishni xohlaydi. Shunday gol urganimdan baxtiyorman.

O'zbekiston futboli afsonalari Italiya faxriylari ustidan g'alaba qozondi





Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia