Sanjar Tursunov: "Lokomotiv"ga qarshi o'yin oson bo'lmasligini oldindan bilardik"

Narzulla Saydullayev
27 avg 2019
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Sanjar Tursunov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'ylashimcha durang adolatli bo'ldi. Ikki jamoada ham ko'p imkoniyat bo'ldi. Uyda g'alaba qozonishni istagandik.

O'zbekistonga qaytganimdan xursandman. O'z muxlislarimiz oldida o'ynash menga yoqadi.

"Lokomotiv" amaldagi O'zbekiston chempioni. Bugun hech kim oson o'yin bo'lishini kutmagandi. Bu jamoa safida terma jamoa a'zolari bor, kuchli klub.

Maydon 70 foizga tayyor, ammo yana 30 foiz ham bo'lsa yaxshi bo'lardi. Bizning o'yin uslubimiz ko'p paslarga qaratilgan, shu bois maydon juda muhim ahamiyatga ega", - deydi Sanjar Tursunov.

Ma'lumot uchun, Tursunov mazkur bahsda penaltidan gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.


Jahongir Fayzullaev yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia