Sanjar Tursunov: "2 ta o'yin bilan O'zbekistonga to'liq baho berib bo'lmaydi, chunki ikkisi ham kuchli raqiblar emasdi"

Iskandarov Abdulaziz
22 yanv 2024, 11:50
O'zbekiston terma jamoasining Avstraliya bilan o'yini oldidan sobiq futbolchi, murabbiylarning fikrlarini e'tiboringizga havola qilishda davom etamiz.

Terma jamoa libosida ko'plab o'yinlarda maydonga tushgan va gollar urgan Sanjar Tursunov bo'lajak o'yin oldidan imkoniyatlarni baholadi. 

"2 ta o'yin bilan to'liq baho berib bo'lmaydi, chunki ikkisi ham kuchli raqiblar emasdi. O'ylaymanki, Avstraliyani yuta olamiz. Keyingi bosqichdagi har bir to'qnashuv bitta o'yindan iborat bo'ladi. Ortga yo'l qolmaydi. Bu paytda terma jamoamiz formaga tushib olgan bo'ladi. Xursand qiladigan jihat, futbolchilar harakatlariga qo'shib borishyapti. 

Avstraliya bilan kamchiliklarimizni ko'rib olish uchun ayni foydali o'yin bo'lishi shubhasiz. Qayerda qanday kamchiliklarimiz bor, qanday xatolarga yo'l qo'yishmoqda. Bularni bartaraf etsak, nimchorak finalga yanada kuchli bo'lib chiqamiz. Avstraliya bilan o'yinda kerakli taktikani tanlash muhim hisoblanadi. 

Musobaqada barcha terma jamoalar kuchli ekanligini ko'ryapmiz. Shu bois katta syurpiriz qiladigan terma jamoani ko'rmayapman. Biz esa yildan-yilga darajamizni ko'tarishimiz va Suriya, Hindiston kabi jamoalar to'sig'idan muammosiz o'tishimiz kerak",- deydi Sanjar Tursunov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia