Sanjar Shoahmedov: "Guruhda birinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqishimiz kerak"

Aziz Tukhtamuradov
17 apr 2016
"Lokomotiv" futbolchisi Sanjar Shoahmedov "Mashal"ga qarshi o'yin hamda OCHLda bo'lishi kutilayotgan bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Mashal"ga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik. "Al Nasr"ga qarshi o'yin oldidan g'alaba bizga kerak edi.

Nasib qilsa, bizni "Al Nasr"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Guruhdan birinchi o'rinni olgan holda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz bor. Shu sababli, nasib qilsa faqat va faqat g'alaba uchun o'ynaymiz", - deydi Shoahmedov.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia