Sanjar Rizaev OFK Kubogi-2019 yarim final o'yinida komissarlik qiladi

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2019
OFK kubogi-2019da zonalar bo'yicha yarim final o'yinlarining dastlabki bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Oldinda javob uchrashuvlari turibdi.

Bugun yana bir hamyurtimiz Sanjar Rizaev sentyabr oyidan OFKda ish boshlashi haqida xabar bergan edik.

Yana bir hamyurtimiz OFKda ish boshlaydi

OFK kubogi G'arbiy Osiyo mintaqasida yarim final doirasida 25 iyun kuni Iordaniyaning "Al Jazira" klubi Suriyaning "Al Jaish" jamoasini qabul qiladi. 25 iyunda Amman shahridagi "Amman International Stadium"da o'tadigan to'qnashuvda hamyurtimiz Sanjar Rizaev komissarlik qiladi.

OFK kubogi-2019

Yarim final, javob uchrashuvi

25.06.2019, 21:30

"Al Jazira" - "Al Jaish"

Komissar: Sanjar Rizaev (O'zbekiston)

Hakamlar nazoratchisi: Muxtor Solih Ali Al-yarimi (Yaman)

Bosh hakam: Liu Kvok Men (Gonkong)

Yordamchi hakamlar: Chou Chun Kit, Lou Ming Leong (Gonkong)

To'rtinchi hakam: Ismoil Habib Ali Ismoil (Bahrayn)


Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda suriyaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia