Sancho uchinchi marta "Borussiya"ga qaytishi mumkin

Khoja
29 iyul 2025
Jeydon Sancho yana "Borussiya D"ga qaytishi mumkin.

Germaniya klubi 25 yoshli futbolchini to'liq sotib olish bo'yicha ish olib bormoqda. Jamoa sobiq futbolchisini ortga qaytarish uchun "Manchester Yunayted"ga 18-20 million evro berishga tayyor. 

Eslatib o'tamiz, Sancho "Borussiya" safida 2017-2021 va 2023-24 yilgi mavsumlarda to'p surgan. Angliyalik yarim himoyachi o'tgan mavsum ijara asosida "Chelsi"da harakat qildi. U 42 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va yana 10 ta golga assist bo'lgandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru