

"Jeydon Sancho intizom masalasi hal etilmaguncha, asosiy o'yinchilar guruhidan tashqarida mashg'ulot o'tkazadi", - deyiladi "Manchester Yunayted" rasmiy saytida e'lon qilingan klub bayonotida.
Avvalroq angliyalik hujumchi "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "qizil iblislar" ustozi Erik ten Xagni ochiqchasiga tanqid qilgandi.
Sancho "Manchester Yunayted"da 2021 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsum vinger Angliya Premer-ligasida uchta o'yin o'tkazib, birorta gol urmadi.



