San-Lorenso hujumchisi Korrea Atletikoga o'tishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2014
Atletiko San-Lorenso jamoasi bilan hujumchi Anxel Korrea borasida kelishuvga erishishga yaqin.

Futbolchiga shuningdek, Manchester Siti, Yuventus va Zenit jamoalari tomonidan qiziqish bildirilayotgandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 19 yoshli argentinalik futbolchining transferi madridliklar uchun 9 million evroga tushadi.

Korrea mavsum yakunlanganidan so'ng 60 million evro evaziga Chelsiga o'tadigan Diego Kostaning o'rniga sotib olinmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru