Samvel Babayan: "So'g'diyona”ning natijalari uning darajasiga mos emas, ular jadvalda teparoqda bo'lishlari kerak"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2023
Coca-Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “So'g'diyona” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugun katta zaxira bilan g'alaba qozondik. Muxlislarimiz uchun g'alaba qozonishni istagan edik hamda bunga erishdik. Shogirdlarim bugun o'zlarini professional ekanliklarini isbotlashdi. Oxirgi o'yindan keyin ishga bo'lgan yondashuvlari xursand qilmoqda”, - dedi Babayan.

“So'g'diyona”ning so'nggi barcha o'yinlarini ko'rdim va aytishim kerakki ularga omad etishmayapti. Jamoaning jadvaldagi hozirgi o'rni ularning ayni vaqtdagi darajasiga mos emas. Ular shunchaki omad kelmayotgani tufayligina bugun biroz pastroqda yurishibdi. Yorqin Nazarov jamoada katta ishlarni amalga oshirmoqda va bu albatta o'z mevasini beradi”.

“Bugun Iskanderov biroz pastroqda o'ynashi va himoya bilan hujumni bog'lab turishini reja qilgan edik. Iskanderov taktikadan kelib chiqib ayrim vaziyatlarda pastroqqa tushdi. Aytishim mumkinki, u buni uddaladi”.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz