

"Ikardini nega olmadim? Bizlarga g'alaba suv va havodek zarur edi. Mening qo'l ostimda ko'p uyinchilar bor edi. Ular 2014 yil Braziliyadagi finaldan buyon terma jamoa formasiga tushib olishgandi. Shuning uchun ularni o'ynatishga qaror qildim. Bizda qisqa va uzoq kelajakka rejalarimiz bor edi. 100dan ortiq futbolchini ko'rib chiqmoqchi edik. Lekin Rossiyadan keyin barchasi tugadi.
Jahon chempionati oson o'tgani yo'q, chunki bizdan faqat g'alaba kutishgandi, bu esa iqtidorli futbolchilarga o'zlarini ko'rsatishga xalaqit berdi. Biz yutishimiz shart edi. Yaxshi mashg'ulotlar o'tkazdik va o'yinlarga o'zimizga ishonch bilan chiqqandik, lekin har bir uchrashuv juda og'ir kechdi".
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichidan chiqqach, chorak finalda bo'lajak chempion Fransiyaga imkoniyatni boy berdi. Sampaoli mundialdan so'ng iste'foga chiqarildi.



